Burun kavlash – zararli

Tadqiqotlarga ko‘ra, yer yuzining taxminan, 91 foiz aholisi burnini bir soatda 2-3 marta kavlar ekan. Bu odat ko‘pincha yosh bolalarda surunkali avj olgan. Har to‘rt kishidan biri burun ichida paydo bo‘lgan shilliqlarni olib tashlash uchun kavlaydi. Ammo ba’zilar bu «ishni» o‘zlariga xush kelgani uchun bajararkan. Buni qarangki, aksariyat insonlar burunni kavlashda nafaqat barmoqlaridan, balki kichik qalamlardan ham foydalanishadi. Bu odat ayniqsa, kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar orasida «urfga» kirgan.

Burunni kavlash ko‘ringaniday beg‘araz emas. Negaki, bu holat organizmdagi mavjud birorta jiddiy o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu mashg‘ulot faqatgina bolajonlarnigina emas, balki kattalarga ham birday xos. Masalan, 53 yoshli rossiyalik ayolning hadeb burnini kavlayverishi burun to‘sig‘ining teshilishiga olib kelgan. Yana 29 yoshli erkak burnini kavlash va burun tuklarini yulib tashlash oqibatida burun shilliq qavati yallig‘langan. Negaki, burunga tinmay barmog‘ini tiqishni yaxshi ko‘ruvchilar burun bo‘shlig‘i kasalliklarini chaqiruvchi stafilakokk bakteriyalarining tarqalishiga zamin yaratadi. Shunday ekan, bu odatlardan voz kechgan ma’qul.
Ayniqsa koronavirus tarqalgan hozirgi kunlarda bu juda zararli.

Gulira’no MAHMUDOVA, terapevt.

Manba:  shifoinfo_official 

Ulashing | Поделись этим: