Limuzinlar olamiga sayohat - Dono.uz

Limuzinlar olamiga sayohat

Hozirda, «Kadillak», «Linkoln» va hatto «Hammer»lar negizida barpo qilingan limuzinlar bilan kishilarni hayron qoldirish mumkin emas. Ammo, tasavvur qiling, Alfa Romeo yoki Skoda limuzinlari? Quyida turli avtokompaniyalar limuzinlarining suratlaridan bahra olishingiz mumkin.

Nissan Cedric Royal Limousine

Nissan kompaniyasining oliy toifali avtomobilini ishlab chiqarish vazifasi Autech kompaniyasiga yuklatilgan edi. U Nissan Skyline GT-R sedanini ishlab chiqqani bilan yaxshi tanish. Mashinaga Nissan Cedric – boshqacha aytganda Infiniti Q45 asos bo’ldi. Dabdabali limuzin 1987-2002 yillarda ishlab chiqildi.

Dastlab avtomobil imperator xonadoni uchun ishlab chiqildi. Biroq, oliy rahbariyat uchun mashinalarni Toyota ishlab chiqarar edi. Shu boisdan, Cedric Royal Limousine tez orada barcha xohlovchilarga sotila boshlandi. Aniqrog’i: vazirlar, korporatsiyalar rahbarlari, yulduzlar uni xarid qila boshladi. Cheklangan sonda ishlab chiqilgan limuzinga 4,5 litrli V8 motor joylangan.

Mitsubishi Dignity

Yaponiyaning yana bir kompaniyasi Mitsubishi ham Nissan va Toyota bilan raqobat qilishga urinib ko’rgan. Ammo, kompaniya bu borada muvaffaqitga erisha olmadi. Birinchi avlod Dignity modeli 1999-2001 yillarda atigi 59 dona ishlab chiqildi.

5,3 metrli sedangaa 4,5 litrli V8 motor o’rnatildi. U 280 ot kuchiga ega edi.

SsangYong Chairman Limousine

Bu avtomobil Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi tomonidan 2003-2008 yillarda ishlab chiqilgan. Birinchi avlod Chairman 1997-2014 yillar mobaynida xaridorlarga yetkazib berildi.

Unga 124 va 140 «Mersedes»lar platforma vazifasini o’tagan. Kelishuvga binoan unga mashhur nemis kompaniyasi motorlari joylashtirilgan.

Lancia Thema Limousine

Stola kompaniyasining Lancia Thesis limuzini Italiya davlat rahbari uchun ishlab chiqarilganini haqiqiy avtomuxlislarning ko’pchiligi bilishadi. O’tgan asrning 80-yillarida italiyaliklar Thema modeli negizida 24ta limuzin ishlab chiqishdi.

Thema Limousine modeli uzunligi 4,9 metrni tashkil etgan bo’lib, asosan 2,8 litrli, keyinroq, 3 litrli Alfa Romeo dvigatellari o’rnatilgan. Limousine namunasi qisqa kuzovli shu mashinadan 60 foiz qimmat bo’lgan.

Volvo 264 TE

Volvo kompaniyasining 240 va 260 seriyali avtomobillari turli modifikatsiyalarga egaligi bilan e`tibor qozongan. Ammo, ular orasida, haqiqiy limuzin bo’lganini ko’pchilik bilmasa ham kerak. 264 Te – Volvo va Bertone dizayn studiyasining qo’shma loyihasi hisoblanadi. Mashina davlatlarning yuqori lavozimli vakillari, diplomatlar va GDR siyosatchilari va Shvetsiya parlamenti a`zolari uchun mo’ljallangan.

1976-1984 yillarda jami 335 dona 264 Te ishlab chiqildi. Unga 2,7 litrli V6 dvigatel o’rnatilgan.

Skoda Superb 3000 OHV

Aslida Skoda Ikkinchi jahon urushiga qadar yetarli miqdorda limuzin ishlab chiqargan. Xususan, Superb va 645 Limousine modellari shular jumlasidan. Suratdagi Superb 3000 OHV fikrimizni isbotlaydigan misollardan biridir.

3000 OHV modeli 1939 yilda paydo bo’lgan, ammo urush tufayli atigi 15 dona ishlab chiqarilganida to’xtagandi. Uning uzunligi 5,2 metrni, vazni 2 tonnani tashkil etgan.

Alfa Romeo Giulietta Ministeriale

Garchi Giulietta o’z davrining anchagina mashhur modeli bo’lganiga qaramay, Ministeriale limuzini juda kam ishlab chiqilgan. Undan bugungi kungacha birorta yetib kelgani noma`lum. Turli mulozimlar uchun eksklyuziv model kuzovi Carrozzeria Colli firmasida ishlab chiqilgan.

O’zining tashqi ko’rinishiga zid o’laroq, 1,3 litrli, 4 silindrli, 53 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan. Talab kamligi sababli 1959-1960 yillardagina ishlab chiqilgan.

Chevrolet Caprice Classic Brougham LS Eureka Limousine

General Motors boshqa modellaridan farqli ravishda (masalan, Cadillac) Chevrolet nomi ostida limuzinlarni ishlab chiqarmagan. Biroq, Kanadaning Eureka kompaniyasi 1990-yillarda o’sha vaqtdagi Caprice Classic negizida limuzin ishlab chiqarishga qaror qildi.

U muvaffaqiyatli tadbirkorlar uchun mo’ljallangan edi.

Rambler Knickerbocker Limousine

Rambler avtomobillari, AQShda asosan, ishchilar mashinasi sifatidatanilgan edi. Lekin, har qanday qoidada istisno bo’lishi bu safar ham qo’l keldi. Rambler uchun bu istisno 1912 yilda ro’y bergan. Knickerbocker limuzini fransuz uslubida ishlab chiqilgan bo’lib, bosh saloni, soyabon tutqich, bosh kiyimlar uchun ilgich, gullar uchun guldon va salondagi elektr chiroqlar o’ziga xosliklari hisoblanadi.

Atigi bir yil ishlab chiqilgan avtomobil 4500 dollar turgan. O’sha vaqtda bir yillik maosh 592 dollar bo’lgani e`tiborga olinsa, u qanchalik qimmat bo’lganini anglash mushkul vazifa emas.

Oldsmobile Toronado AQC Jetway 707

Uzunligi naq 8,5 metr, 9ta eshikli Oldsmobile Toronado AQC Jetway 707. Suratdagi Toronado modeli aviareyslarga xizmat ko’rsatish uchun ishlab chiqilgan.

U 1968-1970 yillarda mobaynida 50tadan 150tagacha Jetway 707 ishlab chiqilgan.

Moskvich Knyaz Vladimir

Ha,«Moskvich» brendi kasodga uchrashi arafasida «Knyaz Vladimir» limuzinini ishlab chiqargan. 1997-2001 yillarda 1310 dona shunday mashina sotilgan. Buyurtmachining xohish-istagiga ko’ra,

«Knyaz Vladimir» elektrli oyna ko’targichlar,  konditsioner va gidrokuchaytirgich bilan jihozlanishi mumkin edi.

Lada 21109 «Konsul»

«Konsul» seriyali ishlab chiqilgan deyish noto’g’ri bo’ladi, albatta. U 1997-2006 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lsa-da, faqatgina shaxsiy buyurtma asosida yetkazib berilgan. «Konsul»ga buyurtma olingach, 2 oyda tayyor bo’lgan. Avtomobilga talab unchalik ham katta bo’lgan emas.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes