Amerikalik erkak hovlisida olmaxonlar uchun restoran ochdi. Menyuda olma, non va o‘rmon yong‘og‘i bor

AQShning Michigan shtati Ouk-Park shahrida yashovchi Jeyms Vriland o‘z uyi hovlisida olmaxonlar uchun restoran ochdi, deb yozadi «ekologuz».

Erkak hududni o‘rab, ichkariga piknik uchun kichik stol-stullar joylashtirdi. Restoran 5 aprel kuni ochildi. Mijozlarga o‘rmon yong‘og‘i, qotgan non, pitssa ushoqlari, don va olma taklif qilinmoqda.

«Hozir restoran biznesi bilan shug‘ullanish uchun ayni payt degan qarorga keldim. Kimdir Michigan gubernatori Gretxen Uitmer bilan qanday bog‘lanish mumkinligini biladimi? Undan hovlini ochiq qoldirishni so‘ramoqchiman», — deydi Vriland hazillashib.

Vrilandning Facebook’dagi sahifasida restoran qanday ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Ulashing | Поделись этим: