Musavvir Saype 3 ming kvadrat metr o‘tloqqa rasm chizdi. U karantindan bezor bo‘lganlarga bag‘ishlanadi (foto)

Saype taxallusi bilan ijod qiluvchi Giyom Legro maysalar ustida tasviriy san’at asarlarini yaratadi. U butun dunyo bo‘ylab, bioparchalanuvchan bo‘yoqlardan foydalanib, minglab kvadrat metr maydonlarga suratlar chizadi.
Shu kunlarda Saype o‘zining «Inqirozdan so‘ng» deb nomlangan yangi rasmini taqdim etdi. Unda uzoqlarga termulib turgan qizcha aks etgan. Qizchaning yonida esa u bir-biri bilan qo‘l ushlashib turganlar rasmi hamda bo‘rlar ko‘rinadi.

Musavvirning fikricha, ushbu surat koronavirus pandemiyasi tufayli uyda qamalib qolgan insonlarga umid baxsh etishi kerak. «Inqirozdan so‘ng» kartinasi Shveysariyaning Egl okrugi Lezen kommunasida chizilgan. Kartina maydoni uch ming kvadrat metrni tashkil etadi.Saypening boshqa suratlari bilan quyida tanishish mumkin:

 

Ulashing | Поделись этим: