Shifokor minbari: Farzandingizning bo‘yi nega past?

Bo‘yning past bo‘lishi sabablari turlicha. Biror tibbiy holatga bog‘liq bo‘lmagan idiopatik bo‘y pastligi ham uchrab turadi. Ko‘pincha bo‘y pastligi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:

1. Bo‘yning konstitutsional pastligi. Meyyoriy tezlik bilan o‘sayotgan past bo‘yli bolalar. Bunday bolalarda jinsiy yetilish odatda biroz kechikadi. Boshqa tengqurlari o‘sishdan to‘xtagandi ham o‘sish davom etadi.

2. Genga bog‘liqlik. Ota-onasining ikkisi yoki bittasining bo‘yi pastligi. Past bo‘yli ota-onadan bo‘yi meyyoriy bolalar tug‘ilishi mumkin. Past bo‘yli ota-onaning bolalarining bo‘yi kamida ularning eng pastidan kam bo‘lmasligi lozim.

Past bo‘ylilik qator kasalliklar sababli ham yuzaga keladi:

1. Suyak va skelet buzilishlari: raxit, axondroplaziya.

2. Surunkali kasalliklar: yurak tug‘ma nuqsonlari, buyrak kasalliklari, astma, kamqonlik, talassemiya, yuvenil revmatoid artrit, ichak yallig‘lanish kasalliklari, seliakiya, Kushing kasalligi, gipotireoz va diabet.

3. Genetik holat: Daun kasalligi, Terner sindromi, Vilyams sindromi, Rassel-Silver sindromi, Nunan sindromi.

4. O‘sish gormoni yetishmovchiligi

5. Tug‘ilgan vaqtidagi infeksion kasalik

6. To‘yib ovqatlanmaslik

7. Ona qornida yaxshi o‘smaganlik

Xurshid Yakubjonov, shifokor

Ulashing | Поделись этим: