Hayvonot bog‘ida olti yoshli xodim

Moskva hayvonot bog‘ida olti yoshli bolakay ish yuritayotganiga ishonasizmi? Bu haqida  hayvonot bog‘i direktori Svetlana Akulova mahalliy radiostansiyalardan biriga ma’lumot bergan.

“Bu bolaning ismi Ilyusha Petrov. Uni “yosh Drozdov” deb ataymiz. Ilyushani hayvonot bog‘ida tasodifan uchratib qoldik. Xodimalarimizdan biri u onasiga hayvonlar haqida kattalardek batafsil gapirib berayotganini eshitib qoldik” deydi Akulova.

Bolakay hayvonot bog‘iga rasman ishga olingan, unga maosh ham tayinlangan, shuningdek, maxsus kiyim tikib berilgan. Yangi xodim yosh bo‘lishiga qaramay, kitoblarni mustaqil o‘qiy oladi va “Yosh biolog” klubiga a’zo bo‘lmoqchi.

Madaminjon SOLIJONOV tayyorladi.

Ulashing | Поделись этим: