Bolalarga qorda rasm chizishni o‘rgatuvchi farrosh

Biz hikoya qilmoqchi bo‘lgan odam mashhur artist, taniqli yozuvchi yoki puldor biznesmen emas, balki, oddiy farroshdir.

Udmurtiyaning Ijevsk shahrida yashovchi Semyon Buxarin ijevsklik maktab o‘quvchilariga supurgisi bilan qorga ajoyib suratlar chizib beradi. Bolalar uning ijod namunalarini juda qadrlashadi. Ular qorga chizilgan rasmlarni suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishadi. Yaqinda farroshning suratlaridan hayratga tushgan maktab ma’muriyati bayramlarda maktab binosini bezash ishlarini unga ishonib topshirdi.

Madaminjon SOLIJONOV tayyorladi.

Ulashing | Поделись этим: