Aprel oyi so'nggiga kelib O'zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi e`lon qilindi - Dono.uz

Aprel oyi so’nggiga kelib O’zbekistonning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi e`lon qilindi

O’zbekiston milliy terma jamoasi hamda Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov O’zbekistondagi OAV vakillari orasida o’tkazilgan so’rovnomaga ko’ra mamlakatning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deya xabar bermoqda O’FF rasmiy sayti.

Manbaga ko’ra, O’zbekiston terma jamoasi sardori o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra eng yaqin ta`qibchilari – Qatarning «As-Sayliya» klubida to’p surayotgan Temurxo’ja Abduholiqov hamda Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisovni ortda qoldirdi.

Qayd etish kerakki, Odil Ahmedov beshinchi marta O’zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deya e`tirof etildi. Bungacha yarim himoyachi 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda O’zbekistonda yil futbolchisi bo’lgandi.

OAV vakillari ovoziga ko’ra O’zbekistonning eng yaxshi futbolchilari kuchli uchligi:

1.  Odil Ahmedov («Shanghay SIPG», Xitoy) – 33 ochko

2.  Temurxo’ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar) – 22 ochko

3.  Vitaliy Denisov («Lokomotiv» Moskva, Rossiya) – 16 ochko.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes