Fotoreportaj. «Bavariya» – yana chempion, mavsum sarhisobi raqamlarda - Dono.uz

Fotoreportaj. «Bavariya» – yana chempion, mavsum sarhisobi raqamlarda

Bundesliganing 31-turida «Bavariya» «Volfsburg» mehmoni bo’ldi va raqibini 6:0 hisobida tor-mor etdi. Natijada jamoa 73 ochko jamg’arib, ikkinchi o’rinni egallab turgan «RB Leyptsig» klubidan 10 ochko o’zib ketdi. Bu esa musobaqa yakunlanishiga 3 tur qolganida jamoaga chempionlik keltirdi.

Endi «Bavariya» qatorasiga 5-marta, o’z tarixida esa 27-marta Germaniya chempioni bo’ldi. Myunxenliklar 1998-2001 yillar davomida qatorasiga 3 marta chempionlikni nishonlagandi. O’tgan asrning 70-yillarida esa Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi ketma-ket 5 marta chempionlikka erishgan.

O’tgan mavsumda ham «Bavariya» ikkinchi o’rindagi jamoani 10 ochkoga ortda qoldirgan holda finishga yetib kelgandi.

Bundesliganing 31 uchrashuvida «Bavariya» 17 gol o’tkazgan. Bu boradagi ikkinchi yaxshi ko’rsatkich «Leyptsig»ga tegishli – 31 gol.

«Bavariya» 79 gol urgan. Bu Dortmundning «Borussiya» jamoasi urgan gollar sonidan 14taga ko’p.

Bu mavsumda «Bavariya» birinchi davra oxirida faqat 3 hafta davomida turnir jadvalida birinchi o’rinda bormadi, bu davrda «Leyptsig» peshqadamlik qilgandi.

«Bavariya» mavsumda 3 marta 6:0 hisobidagi yirik g’alabalarga erishdi, bir marta – 5:0 (bu natija ham «Volfsburg»ga qarshi o’yinda) va bir marta 8:0 hisobidagi natijalarni qayd etdi. Bundan tashqari, «Bavariya» yana 5ta uchrashuvda yirik hisoblarda g’alaba qilgan.

Manuel Noyyer 14 o’yinda o’z darvozasi daxlsizligini saqlagan.

Bu mavsum Filipp Lam faoliyatidagi so’nggisidir. Bu uning sakkizinchi chempionligi. U bu orqali Oliver Kan, Mexmet Sholl va Bastian Shvaynshtayger kabi futbolchilarning rekordlarini takrorladi. Jamoaning boshqa bir futbolchisi Tiago Alkantara uchun ham bu sakkizinchi chempionlik, ammo u 4ta chempionlikni «Barselona»da nishonlagan.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes