Ertaklar haqida ajabtovur faktlar

Ertaklar olami bizni doimo mo»jizalar sari chorlaydi. Yana ularning yaratilishi, qahramonlarning yuzaga kelishi ham o’ziga xos tarixga va qiziqarli voqeliklarga boy. Biz quyida aynan shu jihatlarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Aka-uka Grimm ertaklarining 200 tasini tahlil qilsak, ularda erkaklardan ko’ra ko’proq ayollar yovuzroq ko’rinadi. Masalan, 16 nafar yovuz o’gay ona qahramonga 3 o’gay ota to’g’ri kelar ekan. Yoki jodugarlar 23 nafar bo’lsa, alvastilar 2 nafar xolos.

Zolushka ertagining syujeti Sharl Perro yaratgan asardan ancha avval ham uch-ragan. Yunon-rum yozuvchilari ijodiga mansub tarzda eramizdan avvalgi I asrdayoq bu ertak bo’lgan. «Rodopis haqida»gi ertak Strabon asarlarida keltiriladi, balki undan avvalroq Ezop (eramizdan avvalgi VI – VII asrlar) bu haqda yozgandir. Shunga o’xshash syujetlar xitoy, yapon, fransuz va italyan ertaklarida ham mavjud. Biroq Zolushka oyoq kiyimini yo’qotishi Perro asa-rida uchraydi xolos.

Shahrizodaning Olovuddinning sehrli chirog’i haqidagi ertagi shunday boshlanar edi: «Xitoy shaharlarining birida bir kosib yashagan ekan…». Demak, ertak voqealari aynan Xitoyda sodir bo’lgan.
Agarda etik kiygan mushukning rangi qanaqa edi, deb so’rasak, ko’pchilik «malla» deb javob beradi. Aslida Sharl Perro mushukning rangi haqida o’z ertagida hech nima demagan.

Krilovning «Ninachi va chu-moli» masalida sakrab o’ynashni xush ko’radigan ninachi yoz bo’yi qo’shiq kuylab, ishga qo’li bormaydi. Aslida esa tabiatda uchraydigan ninachi sakramaydi va kuylamaydi. Demak, aslida masal qahramoni chigirtka bo’lishi mumkin edi.

«Bremenlik musiqachilar» nomli ertakni barchangiz eshitgansiz. Birgalikda eslab ko’rsak, mushuk, eshak, it qarib qolib naf keltirmayotganlari uchun o’z xo’jayinlari tomonidan tahqirlanib, qochadilar. Ular orasida faqat xo’roz yosh edi. Uning xo’jayinidan qochishiga sabab xo’rozni so’yib, mehmonlarga tortiq etishmoqchi bo’lgani edi.
Rediard Kipling yozgan «Jungli kitobi»da Bagira aslida erkak jinsli hayvon bo’lgan. Biroq uni ko’pchilik bunday deb bilmaydi.

«Alisa mo»jizalar mamlakatida» ertagidagi cheshir mushugi o’z laqabini Cheshir grafligida Richard III davrida yashagan o’rmonchi Keterling nomidan olganligi aytiladi. Ba’zilar esa bu nom mushukka uning boshi jilmayganida cheshir pishlog’iga o’xshagani uchun berilgan deyishadi.
Bazilio laqabli mu-shuk va Alisa laqabli tulki nomlari Buratino haqidagi «Oltin kalit» ertagida uchraydi. Pinokkioda esa mushuk va tulki nomsiz ekani ma’lum.

Ulashing | Поделись этим: