Qo`l soat haqida nimalarni bilasiz?

Sizda ham hech shunday holat yuz berganmi?

Soatni nega chap qo`lga taqishingiz sababini o`ylab ko`rganmisiz?

Qo`l soati tarixini bilasizmi?

Birinchi bo`lib qo`lga taqiladigan soatni 1868 yilda Patek Filipp ixtiro qilgan. U aslida, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bilaguzuk bo`lib, unga soat ham joylashtirilgan edi. Va uni faqat ayollar taqar edilar.

1904 yilda braziliyalik harbiy uchuvchi Alberto Santos Dyumont soatsoz do`sti Luis Karterdan urush va janglarda ham yechmay taqib yursa bo`ladigan qo`lsoatini yasab berishni iltimos qilgan. Do`stining iltimosiga ko`ra, Karter har taraflama qulay bo`lgan qo`lsoatini yaratdi. Ushbu soatni har qanday vaziyatlarda ham taqish mumkin bo`lib, hech xalaqit bermas edi. Bu soatni faqat erkaklar taqishar edi. Karter uni «Santos qo`lsoati» deb nomladi. Ushbu qo`l soat 1911 yildan sotuvga chiqdi. Shundan keyin u ancha ommalashdi. Keyinchalik Fransiya, Shveysariya kabi davlatlarda qo`l soati taqish urfga kirdi. Cho`ntak soatiga qaraganda bu soat ancha qulay edi. Ana o`sha paytda Karter mazkur qo`l soatini chap qo`lga moslab yasagan. Chunki, urushda askarlar o`ng qo`llariga qurol va boshqa narsalarni ushlaydilar. Boshqa ish qilinayotgan paytda ham inson odatda o`ng qo`li bilan ishlarini bajaradi. Chap qo`lga taqilgan soat esa, ishlayotgan yoki urushda qurol ko`tarib jang qilayotgan askar uchun xalaqit bermaydi.

Uchuvchi Alberto aynan mana shu qulaylikni ko`zlab, do`stidan qo`l soati yasab berishni iltimos qilgandi.

Shu bilan birga soatning yonidagi buragichlari ham chap qo`lga moslab joylash-tirilgan. Agar soatni o`ng qo`lga taqsangiz, uning buragichidan foydalanish ancha qiyin va noqulay bo`ladi. Yoki soatni yechib, burab, keyin yana ta-qib olishga to`g`ri keladi.

Ulashing | Поделись этим: