Odil taqsimot

Otalaridan meros qolgan dalani bo‘lisha olmagan ikki og‘a – ini, donishmandga murojaat qilishdi. Donishmand shunday dedi: “Beradigan qarorimga e’tiroz qilmaymiz deya qasam ichinglar.”

Yigitlar: “Hop taqsir. Siz chiqargan qarorga aslo e’tiroz bildirmaymiz”, – debdilar.

Oxiri donishmand, shunday qaror beribdiki, yigitlar dalani janjal, to‘polonsiz bo‘lishib olibdilar. Menimcha hech kim bundanda adolatli taqsimot qila olmaydi.

Qani, donishmandning o‘rnida siz bo‘lganingizda qanday qaror qilardingiz?

baxtim.uz

Ulashing | Поделись этим: