Egasini har kuni 8 soat ko‘chada kutuvchi Kaliningraddagi Hatiko

Rossiyaning Kaliningrad shahridagi «Mega» savdo markazi oldida har kuni ko‘k kiyimli haski paydo bo‘lib, 8 soat vaqtini savdo markazi eshigi yaqinida o‘tkazadi.

Yaqinda uning yonida katta yozuv osib qo‘yilib, unda «It tashlab ketilmagan! U o‘z egasini ishdan qaytishini kutmoqda!», deb yozilgan.

Haskining egasi it sovqotmasligi va qorni ochmasligini aytib, itning hayotini bilmay turib odamlarni o‘zicha xulosa chiqarmaslikka chaqirgan. Kaliningradning «Klops» nashri itning egasini topib, u bilan suhbatlashdi. Svetlananing aytishicha, it unda 4 yil avval paydo bo‘lgan, shundan buyon u egasi bilan doim birga. Do‘konga bo‘ladimi, poliklinikami, bog‘chami — birga boradi.

«Hatto bo‘yinbog‘ini boylamay qoldirsam ham, qoldirgan joyimda yotadi va qaytishimni kutadi», — deydi ayol.Uning aytishicha, hozir kommunal kvartirada yashayotgani uchun itni o‘zi bilan olib yurishga majbur. Chunki agar uyda bir o‘zini qoldirsa, uvillashni boshlaydi.

Ayolning ta’kidlashicha, ish vaqtida har soatda itini aylantirish maqsadida 10 daqiqaga chiqadi, peshin vaqti esa ovqatlantiradi.
Svetlana haski uning uchun oddiy uy hayvoni emasligini qo‘shimcha qilib, «U mening do‘stim, mening o‘g‘lim… Men uni, u esa meni juda yaxshi tushunamiz», — deb qo‘shimcha qilgan.Ayol kuchugini begonalar o‘g‘irlab ketishidan qo‘rqib, uning laqabini aytishni istamagan.

Ulashing | Поделись этим: