Mevani bilmagan qizaloq

Yulyani maktabga berishmoqchi bo‘lishdi. Qizaloq o‘qishni boshlashi mumkinligini tekshirish uchun u test topshirishi kerak edi.

— Oddiy narsalardan boshlaymiz, — dedi ruhiyatshunos va vazadagi mumdan yasalgan mevalarni olib stol ustiga qo‘ydi, — Olma, nok, apelsin, shaftoli. Bir so‘z bilan ular nima deb ataladi?
Yulya gapirmay ko‘zlarini yerga tikdi.

— Davom etamiz. Mana bodring, pomidor, rediska, kartoshka va piyoz. Ular bir so‘z bilan nima deyiladi?

Yulya lablarini tishladi.

— Qulupnay, malina, gilos… Ular qanday nomlanadi?

— Yodimdan chiqdi, — pichirladi qizaloq, ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a tiyib,

— Hali maktabga borishga erta, — dedi ruhiyatshunos Yulyaning onasiga, — Bir yilcha kuting, shug‘ullaning. U oddiy narsalarni ham bilmaydi.

Ona qiziga ajablanib qaradi:

— Yulinka, shularni bir so‘z bilan aytilishini nahotki bilmasang?

— Esladim, oyijon! — chehrasi ochildi qizaloqning. — Nusxa. Meva va sabzavotlarning mumdan yasalgan nusxalari.

hidoyat.uz

Ulashing | Поделись этим: