Italiyalik dizaynerlar uydagi turli keraksiz qutilardan sumkalar yaratmoqda

Italiyalik dizaynerlar Matteo Bastiani va Kyara Rivituzo camera60studio loyihasini ishga tushirdi hamda ushbu loyiha doirasida uydagi turli keraksiz qutilardan taniqli brendlar sumkalarining nusxasini yaratmoqda.

Foto: Instagram / @camera60studio

Dizaynerlar sumkalar yasashda shokoladli batonchiklar, makkajo‘xori yormasi, Amazon yetkazib berish xizmati qutilaridan, chips folgasi va boshqa keraksiz narsalardan foydalanmoqda.

Masalan, dizaynerlar Dior’ning egar shaklidagi sumkasini Nike krossovkasining qizil-oq qutisidan yasadi.

Shuningdek, ushbu kolleksiyadan Jacquemus Le Chiquito mitti sumkasi va Prada Prime sumkasi ham o‘rin olgan.

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Foto: Instagram / @camera60studio

Istalgan kishi ushbu sumkalarni uy sharoitida yasab ko‘rishi mumkin. Dizaynerlar o‘z saytida buning qanday qilinishini ko‘rsatgan.

Ulashing | Поделись этим: