Toshkentda OFKning bolalar ommaviy futboli festivali bo`lib o`tdi - Dono.uz

Toshkentda OFKning bolalar ommaviy futboli festivali bo`lib o`tdi

O`zbekiston futbol federasiyasining sun`iy qoplamali maydonida maktab o`quvchilari – 2009 yilda tavallud topgan o`g`il bolalar hamda 2007 yilda tug`ilgan qiz bolalar ishtirokida OFKning bolalar ommaviy futboli kuniga bag`ishlangan festival bo`lib o`tdi.

Tadbirning ochilish marosimidan keyin barcha ishtirokchilar maydonga chiqib, o`z mahoratini namoyish qildi. Futbol maydonida bir nechta o`yin maydonchalariga ajratildi. Ishtirokchilar guruhlarga bo`lindi va har bir guruh o`z murabbiyiga ega bo`ldi.

Festivalning yosh qatnashchilari estafeta, to`p bilan muomala qilish, to`pni qo`lga ushlagan holda yugurish, to`pni nazorat qilish kabi mashqlarni bajardi. Tadbir davomida murabbiylar o`g`il va qiz bolalarni futbol texnikasining elementlari bilan tanishtirdi. Festival yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

OFKning bolalar ommaviy futboli festivali fotoreportaji bilan mazkur havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes