Bu yil maktab bitiruvchilariga attestatning elektron varianti topshiriladi

Bu yil 11-sinfni bitiraman. Oliy oʻquv yurtiga kirishim kerak. Attestat (shahodatnoma) qanday olaman? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi javob berdi.

“Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 2019-2020 oʻquv yilidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi.

Attestat (shahodatnoma) blankalari respublikamizda karantin muddati tugagunga qadar taʼlim muassasalarida saqlanadi. Karanti davri yakunlanganidan soʻng ular oʻz egalariga topshiriladi”, deyiladi axborotda.

OʻzA

Ulashing | Поделись этим: