Dunyoni oʻziga sigʻdirgan kichik ensiklopediya

Bugungi kunda ensiklopedik maʼlumot kerak boʻlsa, tezda internet tarmogʻiga yuzlanamiz. Oʻquvchilar asta-asta ensiklopediyalarga murojaat qilishni unutmoqdalar.

Oʻz-oʻzidan bu boradagi asarlar ham kamayib bormoqda. Laziz Rahmatov muallifligida chop etilgan “Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha” risolasi aynan bugungi kunda kamayib borayotgan ensiklopedik maʼlumotlarni mujassamlashtirgan risolalardan. Kitobda 238 ta davlat haqida ijtimoiy-siyosiy, geografik axborotlar toʻliq keltiriladi.

Aytish joizki, aynan shunday mufassal axborotlar toʻplangan kitoblar oʻzbek tilida juda kam, aniqrogʻi yoʻq darajada.

Har bir davlatning boshqaruv shakli, boʻlinishi, aholisi, joylashuvi, tabiati, tarixi, iqtisodiyoti va boshqa eʼtiborga molik maʼlumotlari bayon qilingan.

Qolaversa, kitobda tasnifi berilgan 238 ta davlatning tashqi siyosati va Oʻzbekiston bilan munosabatlari boʻyicha maʼlumotlar ham bor. Oʻzbekiston strategik hamkor boʻlgan va qoʻshni davlatlarning yurtimiz bilan aloqalari haqida ham batafsilroq axborotlar keltirilgan.

Ushbu kitob sizning doimiy hamrohingizga aylanishi shubhasiz.

Ulashing | Поделись этим: