Har bir bolajonga berilayotgan bugungi e’tibor Vatanimiz ravnaqiga e’tibordir

Jannatning rayhonlari, ulug‘ Yurtimizning jondan aziz bolajonlari! 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami muborak bo‘lsin! Sizning beg‘ubor kulgingiz, Zam-zam suvidek pokiza niyatlaringiz, yulduzchadek porlab turuvchi ko‘zchalaringiz qalblarimizni xamisha yoritib tursin!!!

O‘tmishda o‘tgan ulug‘lardan ba’zilari bir-birlariga: “…Bolangni ikrom qil va uning odobini go‘zal qil” deya eslatishar ekan. Bu ham bo‘lsa, bolalarga hurmat-ehtirom ila muomala qilish va ularga go‘zal odob berishga chorlov, desak mubolag‘a bshlmaydi.

Ona diyorimizda globallashuv jarayoni omillarini inobatga olib, yosh avlodni sog‘lom, ta’lim-tarbiyali qilib kamol toptirishga, Vatanga sadoqatli, ilm-ma’rifatli, diyonatli bo‘lib ulg‘ayishlariga zarur sharoitlar yaratib berilmoqda, huquqiy asoslari takomillashtirilmoqda. Bola huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga qaratilgan milliy qonunchiligimiz takomillashtirilishi bilan bir qatorda, xalqaro va umume’tirof etilgan hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Amalda ularning samarali qo‘llanishini ta’minlash maqsadida choralar ishlab chiqildi. Joriy yilning 29 may kuni qabul qilingan «Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori ham sohadagi islohotlarning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zero, har bir bolajonga berilayotgan bugungi e’tibor Vatanimiz ravnaqiga e’tibordir.

Muxtabar XUSANOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Ulashing | Поделись этим: