“Senimi, shoshmay tur!”dagi Bo‘ri jinsi va krossovka kiyib oldi

“Senimi, shoshmay tur!” multfilmidagi Bo‘rining 50 ta yangi variant taqdim etildi. U o‘z imijini o‘zgartirib, ancha zamonaviylashdi, deb xabar beradi Esquire.

“Mashhur epopeya qayta taqdim etilmoqda: Bo‘ri va Quyon zamonaviy qiyofaga ega bo‘ladi va ular 3D-texnikalar yordamida yaratilgan. Kulrang salbiy qahramon obrazini tanlash uzoq vaqt oldi: tashqi ko‘rinishining 50, soch turmagining 18 va dumining 4 ta varianti tadqim etildi”, — deb yozadi Mash.

Ta’kidlanishicha, “Soyuzmultfilm” Bo‘riga ovoz berish uchun sinovdan o‘tgan aktyorlarga uning quyidagi suratini yuborgan:

Keyinroq “Soyuzmultfilm” bu yakuniy variant emasligini ma’lum qilgan.

“Yangi multserial rejissor Vyacheslav Kotyonochkin tomonidan yaratilgan mashhur klassik versiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi bo‘lmagani sabab, loyihaning ijodiy guruhi zamonaviy grafik uslub qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Xususan, hozirda Bo‘rining 50 dan ortiq turli eskizlari yaratilgan. Loyihaning dastlabki seriyalari ustida ishlar davom etmoqda”, — deydi studiya matbuot kotibi Marina Maligina.

Avvalroq “Soyuzmultfilm” rahbari Yuliya Slashcheva “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi epizodlari zamonaviy tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini va u 52 qismdan iborat bo‘lishini ma’lum qilgandi.

daryo.uz

Ulashing | Поделись этим: