«Olimpiya kuni» tadbirlari doirasida virtual yugurish musobaqasi o’tkaziladi

23 iyun` butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 18 iyun` kuni barcha xohlovchilar uchun “Olympic Day” virtual yugurish musobaqasi o’tkaziladi. Unda atigi 1 (bir) kilometr masofani yugurib o’ting hamda 1 000 000 so’m mukofotni yutib olish imkoniga ega bo’ling.
Virtual yugurish musobaqasida qatnashish vaqtini o’zingiz tanlaysiz. Bunda, albatta, karantin choralariga rioya qilgan holda yugurish talab etiladi.

Musobaqada 8 yoshdan katta bo’lgan istalgan qatnashchi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun quyidagi sahifa orqali https://arbitrathon.kartra.com/page/dIn198 ro’yxatdan o’tishingiz talab etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ulashing | Поделись этим: