Bolalar musiqa va san’at maktablarida ko’zi ojizlar bepul o’qitiladi

Oldingi o’rnatilgan tartibga ko’ra, bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan o’quvchilarning umumiy soniga nisbatan 25 foizigacha miqdorda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul o’qishi mumkin edi.

endilikda, qarorlarga o’zgartirish kiritilgan holda nogiron bolalar, shu qatorda ko’zi ojizlar ham Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul taxsil olishi ko’zda tutilgan.

Joriy yilda Respublika bo’ylab Bolalar musiqa va san’at maktablarida 355 nafar nogiron o’quvchilar taxsil olishdi, shundan 320 nafari ko’zi ojiz bolalar hisoblanadi.

2020/2021 o’quv yillariga  Bolalar musiqa va san’at maktablarida o’qish istagini bildirgan  nogironligi bor  650 nafargacha o’quvchini qamrab olish rejalashtirilgan.

yuz.uz

Ulashing | Поделись этим: