COVID-19 xalqaro fan olimpiadalari rejasini barbod qildimi?

Xalqaro fan olimpiadalarining aksariyati yozda, ta’til paytida o’tkaziladi. Ammo COVID-19 ushbu an’anani barbod qildi. SHunga qaramay, xalqaro bilim bellashuvlari tashkiliy qo’mitalari qalovini topib qor yondirmoqchi.

Misol uchun, talabalarning informatika bo’yicha xalqaro eng nufuzli musobaqasi — bu yil Singapurda o’tkazilishi kerak bo’lgan Informatika bo’yicha xalqaro olimpiada virtual maydonga ko’chiriladigan bo’ldi.

Olimpiada tashkiliy qo’mitasi direktorining o’rinbosari, Singapur milliy universiteti qoshidagi Hisoblash muhandisligi maktabi katta o’qituvchisi doktor Stiven Halimning aytishicha, musobaqada bu yilgi bitiruvchilar ham qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Musobaqa 13–19 sentyabr kunlari onlayn bo’lib o’tadi.

— Masofaviy rejimda olimpiada elektron buyurtma tizimidagi raqobatga yo’naltirilgan minimal variantga aylanadi. Sakson sakkiz mamlakatdan kelgan eng yaxshi to’rt nafar talaba olimpiada onlayn dasturida qatnashadi, — dedi Stiven Halim. — Bellashuvning ochilish va yopilish marosimlari ham virtual o’tkaziladi. Hech qanday sayohat yoki mehmon kutishlar bo’lmaydi.

Maktab o’quvchilarining bu yil Istanbulda bo’lib o’tishi kerak bo’lgan Xalqaro kimyo olimpiadasi ham internetda o’tkaziladigan bo’ldi. Afsuski, buning uchun laboratoriya va amaliy topshiriqlar qurbon qilinadi. Talabalar masofadan turib yozma nazariy ishlarni videokamera ostida yozadi.

Bu yil Sankt-Peterburgda tashkil etilishi ko’zda tutilgan Xalqaro matematika olimpiadasi ham masofaviy formatda o’tkaziladi. Ishtirokchilar 21-22 sentyabr` kunlari o’z mamlakatida turib, olimpiada topshiriqlarini bajaradi.

— To’liq ma’lumotlar bu yil 30 iyungacha e’lon qilinadi, — deyiladi tashkiliy qo’mita xabarida. — Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari o’tkaziladi, g’olib va sovrindorlarga medallar yuboriladi. Har qanday holatda ham olimpiadachilarning ishtiroki raqobatbardosh turlarda qatnashish uchun sog’lig’iga xavf solmasligi kerak.

Olimpiada o’yinlarining ayrimlari keyingi yilga qoldirildi. Istanbulda bo’lib o’tadigan Xalqaro geografika olimpiadasi va Viln`yusda o’tadigan Jismoniy tarbiya olimpiadasi shular jumlasidandir.

yuz.uz

Ulashing | Поделись этим: