Bolalarga taʼlim-tarbiya berish boʻyicha majburiyatni bajarmaslik javobgarlikka sabab boʻladi

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 111 ming 500 soʻmdan 669 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, 669 ming soʻmdan 1 mln 115 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish 1 mln 115 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, 2 mln 230 ming soʻmdan 4 mln 460 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

uza.uz

Ulashing | Поделись этим: