Qabul-2020: 31 896 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi

2020-yil 21-iyun soat 18:00 holatiga respublika boʻyicha jami 31 896 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 13 431 nafar) abituriyent roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Shundan, taʼlim shakli boʻyicha:

kunduzgi – 19 872 nafar;

sirtqi – 11 412 nafar;

kechki – 612 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan OTMlar:

Toshkent davlat pedagogika universiteti -1644 nafar;

Andijon davlat universiteti – 1522 nafar;

Samarqand davlat universiteti – 1446 nafar;

Termiz davlat universiteti – 1168 nafar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1125 nafar

Eslatib oʻtamiz, abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish joriy yilning 20-iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

uza.uz

Ulashing | Поделись этим: