Bolangiz tirnoqlarini kemirsa…

Bu odatdan aziyat chekayotgan bolalar ko‘plab jiddiy kasalliklarni yuqtirib olish xavfi ostida, deyishmoqda mutaxassislar.

Bolaning o‘z tirnoqlarini kemirishi – eng yoqimsiz va zararli odatlardan biri hisoblanadi. Bu ko‘plab yuqumli va parazitar kasalliklarga sabab bo‘ladi, tishlarni yumshatib, emal holatini yomonlashtiradi hamda barmoqlar ko‘rinishiga zarar keltiradi.

Shu bilan birga, tirnoqlarni chaynashga stresslar, o‘ziga yetarli baho berolmaslik, tashvishlar, tajovuz, qo‘rquv, oiladagi janjallar, vitamin yetishmasligi va hatto jismoniy qoniqish olish sabab bo‘lishi mumkinligini anglash muhim ahamiyatga ega.

Shuning uchun, agar farzandingiz tirnoqlarini chaynasa, jiddiy o‘ylashingiz kerak: bu xatti-harakatning sababi nimada?

Tirnoqlarni tishlash odati, ayniqsa, maktabda faollashadi. Chunki bu yerda bolalar tashvishlanish yoki oddiy zerikish kabi asosiy omillarga duch keladi. Shu bilan birga, maktab kasalliklar osongina tarqalishi mumkin bo‘lgan eng xavfli joylardan biri, ayniqsa, ancha jiddiy kasalliklar yuqishi xavfi mavjud hozirgi kunda.

Xo‘sh, bolani bu odatdan qutqarish uchun nima qilish kerak:

  • Dorixonalarda sotiladigan maxsus tirnoq bo‘yog‘idan foydalaning.

Shifokorlar bu usulni ikki yoshdan boshlab qo‘llashni tavsiya etishadi. Mahsulot gipoallergen bo‘lib, bolaning oshqozoni bilan bog‘liq muammolarga olib kelmaydi, ammo u juda yoqimsiz hidga ega va bu bolani ta’sirlantirishi mumkin.

O‘g‘il bolalar uchun rangsiz bo‘yoqlar bo‘ladi va u mutlaqo tabiiy ko‘rinadi. Qizaloqlar tirnoqchalariga esa yorqin bo‘yolardan foydalaning, chunki turli ranglarda jilolangan ranglar ularning qiziqishini oshiradi.

  • An’anaviy usullardan foydalaning.

Ular unchalik ham samarali emas, lekin hamon e’tiborga molik. Siz bolaning barmoqlarini xantal, limon yoki sarimsoq sharbati bilan bo‘yashingiz mumkin. Lekin ular barmoqlari bilan ko‘zlarini ishqalashi xavfi borligini va bu yangi muammolarni keltirib chiqarishini yodda tuting. Bundan tashqari, qo‘llarni shuvoq damlamasi bilan yuvishingiz mumkin, bundan barmoqlar achchiq, yoqimsiz ta’mga ega bo‘ladi.

Har qanday usuldan ham foydalanishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Ulashing | Поделись этим: