«O‘qishga kira olmaslik fojia emas! Oliy ma’lumotga ega bo‘lish kafolatli kelajak ham emas!

Bugungi kunda milliondan oshiq abituriyentlar talaba bo‘lish orzusida yelib-yugurib yurishibdi. Lekin ularning taxminan 15-20%igina talaba bo‘la oladi xolos. IT sohasida faoliyat olib boruvchi Abdusattor Abduraximov Telegram kanalida abituriyentlarga o‘z hayotidan misol keltirib, yaxshi tavsiya beribdi. Jumladan u shunday deydi:

«O‘qishga kira olmaslik fojia emas! Oliy ma’lumotga ega bo‘lish kafolatli kelajak ham emas!

O‘zim haqimda juda qisqa qilib aytaman. Yoshim 25 da. Tibbiyot kollejini tugatganman. 3 yil o‘qishga kirolmadim. Keyin misqollab 650$ pul to‘plab Notebook sotib oldim va kompyuter dasturlaridan biri bo‘lgan 3ds max dasturini o‘rganishga kirishdim. O‘z ustimda ko‘p ishladim va ko‘p qiyinchiliklarga duch keldim. Shu kasbim ortidan o‘tgan yili Malibu-2 avtomashinasini sotib oldim. Ayni paytda asosiy daromadimni internet orqali topaman.

Bularni nega aytyapman?!

O‘qishga kira olmasangiz, siqilib yurmasdan kompyuter dasturlaridan birini professional darajada o‘rgansangiz katta daromadli ish topa olasiz.

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Ulashing | Поделись этим: