Olim farzand uchun sizga rahmat!

Maktab va kollej bitiruvchilarining Bag‘dod tumanidagi uchrashuvida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Ummon sultonligining Sulton Qabus universitetida turib onlayn tarzda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romonovskiy nomli Matematika institutida fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiyasini yoqlagan asli bag‘dodlik Erkinjon Karimovning onasini tabrikladi.

-Shunday iqtidorli olim farzand tarbiyalaganingiz uchun rahmat, sizga – dedi Shuhrat G‘aniyev. – Siz aziz farzandlarimga murojaat qilib shuni aytmoqchimanki, dunyoda eng katta boylik ilm va hunar. Erkinjon akangiz ilm yo‘lini tanlab yurtimiz nomini taratmoqda. Ishonamanki, yaqin kelajakda sizlarning orangizdan ham shu kabi yirik olimlar chiqadi.

Samimiy muloqot chog‘ida yoshlar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim krediti, kasb-hunar egallash imkoniyatlari, texnikumlarda o‘qish tartibi, xorijiy OTMlarga qabul qilingan talabalarning pandemiya sharoitida o‘sha mamlakatlarga yetib olish muammolari kabi savollariga to‘liq javob berildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Ulashing | Поделись этим: