2020/2021 o‘quv yili uchun qo‘shimcha grantlarga tavsiyanomalar kimlarga beriladi?

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Mirzajonova ishtirokida brifingda ma’lum qilindi.

🔘 kam ta’minlangan oiladan chiqqan xotin-qizlar;

🔘 to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;

🔘 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolg‘iz ayol (erkak)larning qizlari;

🔘 shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan, ijarada yashayotgan oilalar;

🔘 ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida hisobda turganlar;

🔘 nogironligi bo‘lgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar;

🔘 oliy ma’lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past bo‘lgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni o‘z hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

Ulashing | Поделись этим: