Jahon muzqaymoq bozorida o’sish kuzatilmoqda

So’nggi yillarda global muzqaymoq bozori muttasil o’sib bormoqda va turli tahlil agentliklari  prognozlariga ko’ra,  yaqin kelajakda CAGR 4-8 foizga oshadi.

2018 yilda jahon muzqaymoq bozori salkam  58 milliard  dollarga baholangan va «Statista» prognoziga ko’ra, 2024 yilga kelib uning  qiymati 75 milliard dollarga ko’tariladi. IMARC Group esa  2022 yilga kelib bozor hajmi 78 milliard dollarga chiqishini taxmin qilmoqda. 

2019 yilda global muzqaymoq eksporti hajmi  4,1 milliard dollarni  tashkil etdi. eng yirik eksportchilar  Frantsiya (557 million dollar), Germaniya (556 million dollar), Belgiya (423 million dollar) va Gollandiya (315 million dollar), undan keyin AQSH (250 million dollar) hisoblanadi.

SHu bilan birga, Evropa mamlakatlari muzqaymoq importi  bo’yicha ham etakchilikni ushlab turishibdi – bular Germaniya (421 million dollar), Buyuk Britaniya (411 million dollar) va Frantsiya (276 million dollar). Ulardan keyingi ulush Xitoy (103 million dollar), AQSH (84 million dollar) va Saudiya Arabistoni (83 million dollar) hissasiga  to’g’ri kelgan.

«Mintel» tahlil agentligi prognoziga ko’ra, Xitoyning muzqaymoq bozori o’rtacha yillik o’sish sur’ati 11,9 foizni tashkil etadi va keyingi besh yil ichida 10 milliard dollarga etadi. Xitoy bilan bir qatorda Hindiston, Indoneziya, V`etnam kabi Osiyoning boshqa mamlakatlarida iste’molning sezilarli o’sishi kuzatilmoqda.  Fors ko’rfazi mamlakatlari ham  istiqbolli bozor bo’lib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar (yogurt, past kaloriyali, laktoza qo’shilmagan muzqaymoq) tendentsiyasi faol rivojlanmoqda.

yuz.uz

Ulashing | Поделись этим: