Klaviatura haqida 5 fakt

1.Bugun o‘ziga xos bayram — butunjahon CAPS LOCK tugmasi kuni. Bu klavishni 2000 yilda Derekt Arnold yaratgan edi.

2.Klaviaturadagi QWERTY tartibi 1872 yil Kristofer Sholz tomonidan yozuv mashinkalari uchun yaratilgan. Hozirda matnlar kompyuterda yoziladigan bo‘lsa-da, foydalanish uchun oson bo‘lgan QWERTY tartibidan haligacha foydalaniladi.

3.Britaniyalik olimlar sinovdan o‘tkazgan 33 ta klaviaturadan 4 tasi salomatlik uchun xavfli darajada ko‘p mikrob to‘plagan, 1 tasida esa hatto hojatxonadagidan 5 barobar ko‘p mikrob borligi aniqlangan.

4.Probel (bo‘shliq) tugmasi eng ko‘p bosiladigan tugmadir. Matn terilayotganda bosilgan klavishlar umumiy sonining 18 foizi probel ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu tugmani bir vaqtning o‘zida Yer yuzi bo‘ylab 600 000 kishi bosadi.

5.Rossiyaning Yekaterinburg shahrida klaviaturaga «haykal» o‘rnatilgan.

Fikrat.uz

Ulashing | Поделись этим: