Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo'lladi - Dono.uz

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yo’lladi

AQSh prezidenti Donald Tramp O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklab, maktub yo’lladi. Maktub matni O’zA tomonidan keltirilgan.

«Muhtaram Prezident Janoblari!

Sizni va O’zbekiston xalqini 1 sentabr kuni nishonlanadigan mamlakatingiz mustaqilligining 26 yilligi bilan Amerika xalqi nomidan muborakbod etaman.

O’zbekiston milliy bayrami hamda Sizning davlat rahbari lavozimidagi faoliyatingizning birinchi yili yakunlanayotgani munosabati bilan mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlik va sheriklikni yanada mustahkamlash yo’lida qat`iy ekanimizni tasdiqlamoqchiman.

Biz Sizning rahnamoligingizda amalga oshirilayotgan mintaqada barqarorlikni ta`minlash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va o’zaro manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan izchil sa`y-harakatlarni qo’llab-quvvatlaymiz.

Sizga va butun O’zbekiston xalqiga ushbu qutlug’ sanani shodu xurramlik bilan nishonlashni tilayman.

Hurmat bilan,

Donald Tramp, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti»

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes