Zamondoshimiz kim? Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, O‘zbekistondagi eng yosh senator

Zamondoshning hayot yo‘li

Alisher Sa’dullayev 1994 yil 11 iyulda Jizzax tumanida tug‘ilgan. Onasi uy bekasi, otasi Zafarxo‘ja Murodov o‘qituvchi. Maktab davridanoq liderlikka intilgan. 2015 yilda Kembrij Universitetining bakalavr bosqichini bitirgan. 2017 yilda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining magistraturasini tamomlagan.

Universitetda o‘qib yurgan kezlari kontrakt pulini to‘lash uchun ingliz tilidan dars bera boshlagan. 2015-2017 yillarda tadbirkor sifatida faoliyat yuritib, Toshkentdagi «Result» o‘quv markazi rahbari bo‘lgan. 2017 yil 30 iyun kuni Alisher Sa’dullayev «Kamolot» YoIH qurultoyida yoshlarga til o‘rgatish istiqbollari haqida bergan takliflari bilan Prezident nazariga tushgach, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarligiga tayinlangan.

2018 yilda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari, 2019 yilda ittifoqning raisi, 2020 yilda esa Senat a’zosi etib tayinlangan. O‘zi sevib o‘qigan va yoshlarga tavsiya etadigan kitoblari — «Temur tuzuklari», «Yulduzli tunlar», «O‘tkan kunlar», «Liderning yetti odati», «Graf Mont-Kristo», «Robinzon Kruzo».

Alisher Sa’dullayev ayni paytda oilali, bir nafar farzandi bor.

Zamondosh fikrati
“Qolipga solingan g‘oyalarimiz har doim ham qiziq emas”.
“Inson harakatlanish, jismonan kuchli bo‘lish uchun taomlansa, uning ilmi ham kitoblar orqali oziqlanadi”.
“Men hali senator sifatida biror-bir ishni qoyillatib qo‘yganim yo‘q. … Buning ustida ishlayapman.

Ulashing | Поделись этим: