O’qituvchilar to’ldiradigan hujjatlari soni bitta jurnal bilan cheklanadi

Bu o’qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg’ulotlarini yanada qiziqarli qilib o’tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.

O’qituvchilarning pedagogik yuklamasini optimallashtirish, ularni asosiy yuklamadan tashqari boshqa hisobotlar va ortiqcha qog’ozbozlik ishlaridan ozod qilish hamda pedagogikaning mazmuniga ko’proq vaqt ajratishlari maqsadida «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo’yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma»ga o’zgartirish kiritildi (Adliya vazirligidan 2020 yil 29 iyunda 3058-I raqam bilan ro’yxatdan o’tkazildi).

Bunda, umumta’lim maktablarining o’qituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha (sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda kundalik.com tizimi orqali) qisqartirildi.

Bu o’qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg’ulotlarini yanada qiziqarli qilib o’tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.

Barcha maktablarda fanlar bo’yicha taqvim mavzuiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuiy rejalar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi va o’quv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

YUqorida ta’kidlab o’tilgan Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan «Milliy o’quv dasturi»ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan «O’qituvchi kitobi»ni joriy etilishi maktab o’qituvchilarining dars ishlanmasi (konspekt)ning o’rnini to’ldiradi.

endilikda o’qituvchilarimiz yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratadilar degan umiddamiz.

Bosqichma-bosqich o’qituvchilar va maktab jamoasi faoliyati hujjatlarni to’ldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga o’tiladi.

yuz.uz

Ulashing | Поделись этим: