Maqsadingiz ikki parcha qog‘ozmi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, respublika bo‘yicha 300 ming nafardan ortiq (joriy yilgi bitiruvchilar 200 mingga yaqin) abituriyent ro‘yxatdan o‘tibdi. «Bu turishda hamma yoshlar o‘qimishli bo‘lib ketadi», deb o‘ylayapsizmi? Xulosa chiqarishga shoshilmang. Gap shundaki, bu yerda og‘riqli masalalar bor. Ularning hammasi faqat bilim olishni maqsad qilganmi yoki ikki parcha qog‘oz olishnimi?

Bizda aksariyat yoshlar bilimga o‘chligidan emas, o‘qigan degan nom, diplom degan shtamp, onasi sovchiga borganida «bolam oliy ma’lumotli» deb kerilishi uchun hujjat topshirmayaptimi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda bakalavr darajasiga ega bo‘lgan talabalar soni 65,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 18,6 ming nafari davlat grantlari asosida ta’lim olgan. Afsuski, ularning necha foizi ish bilan ta’minlangani ma’lum emas. Yoki necha foizi o‘z mutaxassisligi bilan ishlayapti? Oliy ta’lim vazirligi yoki davlat statistika qo‘mitasi bu kabi ma’lumotlarni ochiqlab tursa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Islom Omon, jurnalist

Ulashing | Поделись этим: