Xom sut salomatlik uchun xavfli(mi?)

“Microbiome” ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, xom sut inson salomatligi uchun xavfli boʻlgan bakteriyalar manbai boʻlishi mumkin.

Kaliforniya universiteti olimlari oʻtkazgan tadqiqotda pasterizatsiya qilingan va pasterizatsiya qilinmagan sutning 2034 ta chakana namunalari tahlil qilingan boʻlib, natija “xom sut ichak uchun foydali probiotiklarga  boy” degan odatiy tushunchani shubha ostiga qoldirdi.

“Biz xom sut namunalarida koʻp miqdordagi foydali bakteriyalarni topa olmadik”, degan bu haqda tadqiqot muallifi Szinsin Lyu (Jinxin Liu). Uning soʻzlariga koʻra, agar yangi sogʻilgan sut xona haroratida ochiq idishda qoldirilsa, vaqt oʻtishi bilan unda pasterizatsiya qilingan mahsulotlarga qaraganda dori-darmonlarga chidamli xavfli bakteriyalar koʻproq paydo boʻladi.

Ulashing | Поделись этим: