Alisher Navoiy «Kashf qilgan» 5 zamonaviy texnologiya

1️⃣ Eskalator. “Sab’ai sayyor” dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qo‘ysa, zinaning o‘zi uni taxtga olib chiqib qo‘yadi.
2️⃣ Televizor. “Farhod va Shirin” dostonida “jomi Jamshid” haqida gap boradi. U to‘rt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan bo‘lib, insonga xohlagan odamini istagan vaqtda ko‘rsata olgan.

3️⃣ Robotlar. Farhod Yunonistonga safar qilganda u yengishi kerak bo‘lgan to‘siqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning o‘rtasida eng kuchlisining ko‘ksida ko‘zgu bo‘lib, Farhod yoyi bilan ana shu ko‘zguni nishonga olishi kerak. Agar u nishonga to‘g‘ri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuztasi ham u bilan birga yiqiladi.

4️⃣ Olovga qarshi maxsus yog‘. Dostonda Farhod uchun yana bir mushkul vazifa – og‘zidan o‘t sochuvchi dahshatli dev Ahrimanni yengish edi. Donishmand Suhaylo butun umri davomida tog‘dagi giyohlardan olovga qarshi yog‘ yig‘adi. Farhod Ahriman bilan jangga chiqishidan avval o‘zining va otining tanasiga ana shu yog‘ni suradi. Natijada olov unga ta’sir qilmaydi. Bugungi kunda biz filmlarda yonayotgan holatda yugurayotgan aktyorlarni ko‘ramiz. Aktyorlar tanasiga maxsus yog‘ surib olishgani uchun ularga olov hech qanday ta’sir qilmaydi.

5️⃣ Teleskop. Fanda teleskop XVII asrda Galileo Galiley tomonidan kashf etilgan. Navoiy dostonida esa u – yerdan osmonni kuzatuvchi qurilma emas, osmondan yerni kuzatuvchi qurilma – nuj sifatida tasvirlangan.

Fikrat.uz

Ulashing | Поделись этим: