Lazer nima va u qanday ishlaydi?

Lazer — ingichka, koʻzni qamashtiradigan darajada oʻtkir yorugʻ nur tarqatuvchi uskunadir.

Uning manbayi uncha katta boʻlmagan kristall yoki gaz toʻldirilgan ampuladir. Magnit maydoni taʼsirida u toʻq qizil yoki zangori nur tarqatadi.

«Yangi O`zbekiston»ning yozishicha, Bu hodisa asrimizning 60 — yillarida rus fizik olimlari Basov va Proxorov hamda amerikalik alloma Mayman tomonidan kashf etilgan. Bu kashfiyot uchun ular Nobel mukofotiga sazovor boʻldilar.

Maʼlum boʻlishicha, lazer nuri oʻta noyob xususiyatlarga ega ekan. Uning yordamida kasalliklarni davolash, qiyin eriydigan metallarni kesish, olis masofalarga axborot va maʼlumotlarni uzatib berish mumkin.

Siz, albatta, musiqa yozilgan kumushrang diskalarni koʻrgansiz. Ularni jaranglatadigan kuch ham lazer nuridir. Estrada maydonlaridagi nur oʻyinlari ham lazer koʻmagida yaratiladi.

Xoʻsh, lazer nurining siri nimada? Lazer tarqatadigan nur muayyan oʻlchovdagi toʻlqin uzunliklariga ega. Tabiatda sof holda bunday nur uchramaydi.

Lazer nuri uzluksiz toʻlqin uzunliklariga ega, u odatda qildan ham ingichka va taram — taram boʻlib tarqaladi.

Ulashing | Поделись этим: