Abdulla Avloniy haqida 5 fakt

Bugun Avloniyning tug‘ilgan kuni

1️⃣🗞 Abdulla Avloniy o‘z uyida «Taraqqiy», «Shuhrat» gazetalarini chiqargan. Bu gazetalar hukumat tomonidan yopib qo‘yilgach, yashirin ravishda «Osiyo» gazetasini nashr ettirgan. Biroq gazetani ham 6-sonidan so‘ng taqiqlab qo‘yishgan.

2️⃣✍️ O‘z she’rlarini Hijron taxallusi bilan e’lon qilgan. Uning ko‘p ishlatgan taxalluslaridan biri Indamas bo‘lgan. Bundan tashqari, shoirning Nobil, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgan.

3️⃣🇦🇫 U ma’lum muddat Afg‘oniston xalq maorifi vaziri, so‘ng Sho‘rolar ittifoqining Afg‘onistondagi elchisi vazifalarida xizmat qilgan.

4️⃣🪔 Avloniyning o‘g‘li Kenja Avloniy ko‘p yillar ta’lim sohasida faoliyat yuritgan. Nabirasi Jamshid Avloniy (falsafa doktori) ham bobosining izidan borib ilm yo‘lini tanlagan. Nobel mukofoti sovrindori Alan Makdiarmidga shogird tushib, kimyo fanini chuqur egallagan.

5️⃣🎭 Avloniy o‘zbek teatri asoschilaridan biri. Taniqli aktrisa Gavhar Zokirova esa Avloniyning evarasi hisoblanadi.

Fikrat.uz

Ulashing | Поделись этим: