Aliya Yunusova bolalar ombudsmani bo‘ldi

Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini – Bola huquqlari bo‘yicha vakilni saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Aliya Tuyg‘unovna Yunusova nomzodi taqdim etildi.

Majlisda senatorlar nomzodni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.

Ulashing | Поделись этим: