Jahon chempionatlari haqida 5 fakt

Bugun tarixda futbol bo‘yicha ilk jahon chempionatiga start berilgan.

1️⃣🎗 Futbol bo‘yicha 1-jahon chempionati 1930 yilda Urugvay davlatida bo‘lib o‘tgan. Unda 13 ta terma jamoa ishtirok etgan. G‘oliblik mezbonlarga nasib qilgan.

2️⃣🏆 Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa Braziliya terma jamoasidir. Ular 5 marta shohsupaning yuqorisidan joy olishgan (1958, 1962, 1970, 1994, 2002).

3️⃣🎯 Jahon chempionatlari final bosqichlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi Germaniyalik Miroslav Klozedir. U 2002-2014 yillar davomida 16 marta darvozani aniq nishonga olgan.

4️⃣🥅 Mundiallar tarixida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabon Valter Dzenga hisoblanadi. U 1990 yilgi mundialda Italiya terma jamoasi safida 517 daqiqa darvozasini «ozoda» saqlay olgan.

5️⃣🇺🇿 Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p bahsni boshqargan referi Ravshan Ermatovdir. hamyurtimiz jami 11 ta bahsda bosh hakamlik qilgan. Bu mutlaq rekord natija hisoblanadi.

Ulashing | Поделись этим: