Bolalar va o‘smirlarning koronavirus kasalligi bilan kasallanish ehtimoli qay darajada?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:

Bolalar va o‘smirlarning koronavirus kasalligi bilan kasallanish ehtimoli qay darajada?

⚡️Ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra, koronavirusning bolalar va o‘spirinlarga yuqimlilik darajasi kattalar bilan deyarli bir xil.

🌐Dunyo miqyosidagi tajribalar bolalar va o‘smirlar kasallikning og‘ir darajasiga chalinish ehtimoli kamligini, lekin kasallikni boshqalarga yuqtirishi kattalar bilan bir xilligini ko‘rsatadi.

❗️Shuning uchun karantin va yakaalanish choralariga bolalar va o‘spirinlar ham qat’iy amal qilishlari lozim. Ularni kasallik davrida keksa yoshlilardan keskin alohidalash zarur.

Ulashing | Поделись этим: