Bu multfilmdan so‘ng 700 bola kasalxonaga tushgan

1997 yilnig 16 dekabrida Yaponiya televideniyesi orqali “Pokemon” multseriali namoyish etiladi. Ushbu filmda Pikachuning shiddatli hujumi yorqin qizil va ko‘k charaqlagan ranglardagi kadrlarda ifoda etiladi. Bu kadrlar ko‘plab bolalarda og‘riqli ya’ni tutqatoqni eslatuvchi reaksiyani keltirib chiqaradi va shu multfim namoyishidan so‘ng 700 bola kasalxonaga yotqiziladi.

Kasallangani haqida ko‘plab bola shikoyat qilgan, biroq shifokorlar bu simptomlarni ko‘rsatuvni o‘zidan keyin paydo bo‘lmaganini balki uning atrofida bo‘lgan ommaviy vasvasa (isterika)sabab deb hisoblashgan. Hattoki kasalxonaga yotqizilgan bolalar orasidan maktabga bormaslik uchun o‘zini kasallikka solganlar ham bo‘lgan.

Qaysi mamlakatda o‘liklar assotsiatsiyasi borligini bilasizmi?

Aholisi zich joylashgan Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yashovchi dehqon Lal Bixari 1976 yilda kredit olishni rasmiylashtirish maqsadida hujjatlarini to‘playotganida rasmiy ma’lumotlarda uning vafot etganligi qayd etilganini bilib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, uning tog‘asi o‘z jiyanining yerini o‘zlashtirib olish uchun amaldorlarga pora beradi. Va ular Bixarini qog‘ozda “o‘lgan”ligini rasmiylashtirib berishadi. Yaqindagina “o‘lgan”ligini bilgan Bixari tushkunlikka tushmasdan o‘ziga normal maqomni qaytarish maqsadida kurasha boshladi va nihoyat 1994 yildagina u o‘zining “tirik” ekanligligi haqidagi maqomini tikladi. Lal Bixari tiriklar safiga qaytganidan keyin u o‘zi kabi holatga tushib qolgan boshqa hindistonliklarga yordam berish maqsadida O‘lgan kishilar assotsiatsiyasini tuzadi. keyinchalik bunday insonlar bir qancha ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Yapon tilida “men” va “sen” so‘zini anglatuvchi nechta so‘z borligini bilasizmi?

Yapon tilida odat bo‘lib qolgan olmoshlar yo‘q, “men” yoki “sen” tushunchalarini suhbat mavzusidan va suhbatdoshingizni ijtimoiy maqomi, jinsi, yoshidan kelib chiqib turli o‘nta usullar bilan ifodalashingiz mumkin. Masalan, rasman “men” har ikkala jins uchun ham “vatasi” degan ma’noni anglatadi, norasman holatda esa erkak “ore” degan so‘zni qo‘llaydi, ayol – “atay”, o‘smir qizcha – “uti”. Murakkab yapon odob-axloq qoidalari nafaqat olmoshlarni to‘g‘ri talaffuz qilish bilan cheklanmasdan, balki fe’lning muloyim shakli, alohida sifat va old qo‘shimchasiga e’tibor berishni ham talab etadi.

Qaysi mamlakatda litsenziyaga ega bo‘lgan uqalovchi faqat ko‘zi ojiz bo‘lishi mumkin?

Janubiy Koreya davlatida faqatgina ko‘zi ojizlargina uqalovchi litsenziyasi maqomini olishlari mumkin. Ko‘ra oladiganlar esa litsenziyasiz uqalashni taklif etishadi, bu, o‘z navbatida, ular uchun katta jarimaga sabab bo‘ladi. Shuning uchun Janubiy Koreyada ushbu qonunni bekor etilishini talab qilishgan. Biroq Koreya sudi bu qonunni bekor qilishga shoshilgani yo‘q. 1913 yildayoq yaponlar koloniyasi boshlig‘i ko‘zi ojizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida, o‘zlari ishlab pul topishlari uchun ushbu tartibni joriy yilgan ekan.

hudud24.uz

Ulashing | Поделись этим: