Bolaning e’tiborini qanday jalb qilish mumkin?

Farzandingiz qayta-qayta chaqirishingizga qaramay, beparvomi? Yoki hamisha “hozir”, “yana birozgina”, deya javob qaytaryaptimi? Bu hamma oilada yuz beradigan holat. Natijada esa har bir ota-ona bunday vaziyatda ovozini ko‘tarishgacha borib yetadi.Farzandingizga biron narsa aytmoqchi bo‘lganingizda, gapingizni ko‘p bora takrorlayverishingiz, tinimsiz talab qilaverishingiz uning e’tiborsizligini oshiradi xolos. Bu harakatingiz bilan farzandingizga bo‘ysunmaslikni o‘rgata boshlaysiz.

Shuning uchun bolaga uning diqqat-e’tibori sizga qaratilganiga aniq ishonch hosil qilsangizgina bir marta, lekin ishonch bilan gapiring. Bola o‘zining ishlariga sho‘ng‘ib ketganida boshqa xonadan, uzoqdan turib baland ovozda baqirmang. Uni chaqirayotganda ismi bilan murojaat qiling.

Farzandingiz bilan yuzma-yuz holda, nigohlari va butun e’tibori ila qarshingizda bo‘lganidagina istaklaringizni aytishingiz mumkin. Bola o‘yinchoq o‘ynayotganida Sizning gapingiz qulog‘iga kirmaydi, rasm chizayotganida Sizning talabingiz haqida o‘ylashi imkonsiz. Shuningdek, boshqa holatlarda ham. Chunki uning miyasi bir vaqtning o‘zida bir qancha vazifalarni qabul qila olmaydi.

Ulashing | Поделись этим: