Men IELTS dan 4 ball olganman, imtiyoz sifatida foydalansam bo‘ladimi?

Avval ma’lum qilinganidek,  bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifinda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

〰️〰️〰️〰️〰️

Men IELTS dan 4 ball olganman, imtiyoz sifatida foydalansam bo‘ladimi?

➖ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 395 son qaroriga muvofiq, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun milliy yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

✅ Bunda ingliz tilidan maksimal ball berish uchun IELTS 5,5 dan kam bo‘lmasligi lozim.

❓Abituriyentman, lekin hozir fuqarolik pasportim yo‘q, yaqindagina 16 yoshga to‘lganlarga 10 kun ichida fuqarolik pasporti berilsin, degan qaror qabul qilingan edi. Pasport stolga borsam, karantin tufayli ishlamayapti, deyishdi. Nima qilay?

➖ Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanishi belgilangan.

Agar sizda pasport olishda muammolar yuzaga kelayotgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligining 71 231 50 35 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

〰️〰️〰️〰️〰️

❓6 iyul kuni onlayn hujjat topshirdim. To‘lovni 7 iyul kuni amalga oshirdim. Ro‘yxatga olingan-olinmaganimni qanday bilsam bo‘ladi?

➖ To‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini “Shaxsiy kabinet”dagi “Qabul-2020” bo‘limiga kirib, bilib olish mumkin.

📝 Bunda, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan xabar chiqadi.

〰️〰️〰️〰️〰️

❓To‘lovni qaysi kungacha amalga oshirish mumkin?

➖ Abituriyentlar test sinovlari uchun to‘lovni ro‘yxatdan o‘tish yakunlangun (20 iyul)ga qadar amalga oshirishlari lozim.

💰Belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan abituriyent ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.

〰️〰️〰️〰️〰️

❓Har bir ta’lim yo‘nalishiga qancha odam ro‘yxatdan o‘tganini qanday bilish mumkin?

➖ Davlat test markazi tomonidan qabul.dtm.uz sayti ishga tushirilgan bo‘lib, mazkur sayt orqali har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni va tanlov ko‘rsatkichini ko‘rish mumkin.

Ulashing | Поделись этим: