O‘tgan yili 21 nafar bola Toshkent viloyati yo‘llarida halok bo‘lgan

O‘tgan 2019-yilda Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida bolalar ishtirokida 131 ta yo‘l-transport hodisalari  qayd etilgan. Bu hodisalarda 21 nafar bola halok bo‘lib, 110 tasi turli darajadagi tan jarohatlarini olishgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida aynan bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarini oldini olish yuzasidan bir qancha mas’ul rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilish qatnashchilariga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etilib, Xalq ta’limi boshqarmasining viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikdagi bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga yo‘naltirilgan, aniq, manzilli rejalar jamlangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich bajarishga kelishib olingan.

Ulashing | Поделись этим: