Janubiy Koreya universiteti doktoranti prorektor va investor boʻlib, Oʻzbekistonga qaytdi

Janubiy Koreyadagi “Chonnam” universitetining doktorantura bosqichida ilmiy izlanishlar qilayotgan Feruz Hamidovga kunlarning birida oʻz yurti — Buxorodan telefon qoʻngʻirogʻi boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro filialidan uni chet elda oʻqiyotgan vatandoshlar, malakali mutaxassislar hamda viloyatdagi tibbiyot yoʻnalishining rahbar vakillari bilan boʻladigan onlayn muloqotga taklif qilishadi.

U rozi boʻlib, oʻsha uchrashuvda qatnashadi hamda Vataniga qaytib ishlashi uchun berilgan manfaatli taklifni qabul qiladi…

Vatandoshimizga qancha maosh vaʼda qilingani muhim emas. Asosiysi, unga chet elnikidan kam boʻlmagan shart-sharoit hamda moddiy taʼminot yaratib berilsa, yetadi. Feruz Hamidov asli kogonlik. Kogondagi oʻrta maktabni tugatgach, Buxoro tibbiyot institutida bakalavr, Toshkent tibbiyot akademiyasida magistrlik darajasini oladi. 2014-yili hali magistraturada oʻqib yurgan kezlari janubiy koreyalik bir guruh mutaxassislar talabalarni oʻqitish uchun kelishadi. Ingliz tilini yaxshi bilganligi Feruzga unda qatnashish va xorijliklar bilan aloqa oʻrnatish uchun imkoniyat eshiklarini ochadi. Uch oylik kursdan soʻng, janubiy koreyalik mutaxassislar uni oʻz yurtida doktorantura bosqichida oʻqishga taklif etishadi. Oradan vaqt oʻtib, Feruz bitiruv malakaviy ishini ingliz tilida yoqlagach, “Isteʼdod” jamgʻarmasi eʼlon qilgan grantni qoʻlga kiritib, Janubiy Koreyaga yoʻl oladi. U yerda tibbiyotning saraton kasalliklarini tashxislash va davolash yoʻnalishida ilmiy izlanishlar olib bordi. Shu yilning mart oyida boʻlishi rejalashtirilgan PhD himoyasi pandemiya sabab nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu orada esa unda oʻz Vataniga qaytadigan boʻldi.

Bu gʻoya qanday paydo boʻlgan edi?

— Oldingi “Isteʼdod”, hozirgi “El yurt umidi” jamgʻarmasi boʻyicha Institutda oʻqitishning shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish niyatim Viloyat aholisining 80 foizi turli kasalliklarga davo topish uchun chet elda oʻqib qaytgan yoki oʻqiyotgan vatandoshlarimizni topib, ularning 40 ga yaqini bilan shaxsan muloqot qildim, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro filiali rahbari Zafar Jumayev. — Keyin alohida telegram guruhini tashkil etdik. Bu guruhga dunyoning turli burchagidagi vatandoshlarimiz koʻplab qoʻshila boshladi. Keyin ular bilan Zoom platformasi orqali bogʻlanib, Oʻzbekistonda yaratib berilishi mumkin boʻlgan sharoitlar haqida tanishtirish taklifini ilgari surdik. Hokimlik va boshqa idora rahbarlari bizni qoʻllab-quvvatladi. Chet elda oʻqib yoki ishlab yurganlar toʻgʻrisida toʻplagan maʼlumotlarimizdan shunisi maʼlum boʻldiki, ular orasida tibbiyot vakillari koʻp ekan. Shuning uchun ilk muloqotimiz shu sohaga bagʻishlandi. Ana shu onlayn uchrashuvimizda Feruz Hamidovni viloyat tibbiyot sohasi mutasaddilariga tanishtirdik. Feruz nafaqat viloyatda, balki butun respublikada juda muhim boʻlgan yoʻnalish — saraton kasalligini erta tashxislash va davolash hamda tomir orqali operatsiya qilish yoʻnalishida mutaxassis boʻlib yetishgan. Uning bilim va tajribasi biz uchun muhim. Shu konferensiyada qatnashayotgan Buxoro tibbiyot instituti rektori unga prorektorlik vazifasida ishlashni taklif etdi. Hokimlik va bank mutasaddilari esa, unga viloyatga investitsiya olib kirib, xususiy klinika ochishida amaliy koʻmak berishni vaʼda qildi.

Olimning rejalari qanday?

Prorektorlik vazifasida ish boshlaganiga hali koʻp boʻlmagan esada, undan kelajakdagi reja va maqsadlari haqida soʻradik.

bor, — deydi Feruz Hamidov. — Bunda Janubiy Koreyadagi oʻzim tahsil olgan universitet tajribasidan foydalanmoqchiman. Ularda dars jarayoni, uyga vazifalar, referat yoki mustaqil ish kabi topshiriqlarning hammasi yagona universitet portaliga joylab boriladi. Har bir talabaga qoʻyiladigan baho qanday va nimaga asoslanganini koʻrib turishadi. Bundan tashqari, chet ellik mutaxassislarni olib kelib, talabalar va shifokorlar malakasini oshirishni keng yoʻlga qoʻyish ham asosiy maqsadlarimdan biri. Hozir zamon rivojlangan. Ayniqsa, tibbiyot sohasi vakillari har kuni oʻz ustida ishlashlari va malaka oshirib borishlari zarur, deb oʻylayman.

“Tibbiy sugʻurtani yoʻlga qoʻyish vaqti keldi!”

Qahramonimiz institutdagi faoliyatidan tashqari, viloyatga katta miqdorda investitsiya olib kirdi. Shu kunlarda uning saraton kasalligini tomir orqali operatsiya qilish yoʻlga qoʻyiladigan xususiy klinikasi ish boshlaydi. Janubiy koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda ochiladigan ushbu shifoxonada dastlabki bosqichda 30 kishi ish bilan taʼminlanadi. Kechki smenada ham faoliyat yoʻlga qoʻyilsa, yana 30 kishi ishga jalb etiladi.

poytaxtga, imkoni borlar chet elga boradi, — deydi u. — Bilasiz, saraton kasalligi bilan kurashish bemor va uning yaqinlariga juda qimmatga tushadi. Klinikamizda saratonni davolash amaliyotini yoʻlga qoʻyishdan maqsad, viloyat aholisining vaqti va sarf-xarajatini tejash, ularga qoʻldan kelgancha yordam berishdir. Bundan tashqari, yurtimizda tibbiyot sugʻurtasini yoʻlga qoʻyish vaqti keldi. Toʻgʻri, Sirdaryo viloyatida bu tizim test rejimida boshlangan. Biz ham klinikamizda bu tizimni birinchilardan boʻlib amaliyotga kiritamiz. Bu boradagi tashkiliy ishlarga mutasaddilar yordam berishmoqda.

Xulosa oʻrnida…

Bundan bir yil oldin xolamning bir koʻzi oʻzidan-oʻzi koʻrmay boshladi. Viloyat markazidagi shifoxona doktorlari bu masalada ojizligini aytib, uni poytaxtga joʻnatishdi. Xolam boyaqishning koʻzi kundan-kunga xiralashar edi. Bu yerdagi mutaxassislar uni obdon koʻrikdan oʻtkazishgach, operatsiyadan boshqa yoʻli yoʻq ekanligini, bu orqa miya bilan bogʻliq holat boʻlib, unda paydo boʻlgan shish koʻrish qobiliyatiga zarar yetkazayotgani va zudlik bilan unga stend qoʻyish kerakligini aytishdi. Bir oy deganda operatsiya uchun zarur boʻlgan dori va jihozlar keldi. Undan keyin operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Hozir xolamning ahvoli yaxshi, koʻrish qobiliyati ham asta-sekin tiklanmoqda.

Bunday murakkab operatsiya amaliyotining yurtimizda oʻtkazilishi aslida katta yutuq. Buni tan olish kerak. Lekin kamina boshqa jihatini aytmoqchiman. Bu jarrohlik amaliyotining qimmatligidir. Toʻgʻri, bunday tibbiyot muolajalari chet eldan bundan ham qimmat. Ammo bizda bunday operatsiya faqat bitta joyda amalga oshirilishi, yaʼni monopoliya tufayli narx istagancha qoʻyilmoqda.

Feruz Hamidovning aytishicha, uning xususiy klinikasida bajariladigan amaliyotlar poytaxt narxidan oʻn barobar arzon boʻlar ekan. Demak, holamga oʻxshagan bemorlarning nafaqat sogʻligi, balki choʻntagi ham zarar koʻrmaydigan boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston”

Ulashing | Поделись этим: