Maktab bitiruvchilarining 81 foizi talaba bo‘lish istagida OTMga hujjat topshirdi

Davlat test Markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda Oliy ta’lim muassasalariga 366 556 nafar maktab bitiruvchilari hujjat topshirgan. Bu esa umumiy maktab bitiruvchilarning 81,3 foizini tashkil qiladi, o‘tgan yil ushbu ko‘rsatkich 61 foizni tashkil qilgan edi.
Bunda oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan bitiruvchilar soni bo‘yicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda, viloyatning 94% bitiruvchisi OTMga kirish istagini bildirgan va abituriyent bo‘lgan. Keyingi o‘rinda 92% bilan Navoiy viloyati qayd etilgan, Jizzax viloyati 89,5% ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda.

Bu yilgi bitiruvchilarning 83% kunduzgi o‘quv shaklini, 15% sirtqi va 2% kechki o‘quv shaklini tanlagan.

Bu yil O‘zbekiston bo‘yicha 91ta oliy ta’lim muassasacida o‘qish uchun 1 million 484 ming 85 abituriyent hujjat topshirgan (2019 yilda 1 million 66 ming 926). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 417 ming 159 nafarga yoki 39,1 foizga ko‘p.

Ulashing | Поделись этим: