Apple’ning eng xaridorgir mahsuloti ma`lum qilindi. Bu iPhone emas - Dono.uz

Apple’ning eng xaridorgir mahsuloti ma`lum qilindi. Bu iPhone emas

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ceros bulutli platformasi mutaxassislari tadqiqot o’tkazib, Apple kompaniyasining eng talabgir mahsulotlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilar o’z ishlari natijalarini platforma saytida e`lon qilishdi. Tadqiqotda Best Buy tarmog’ining AQSh va Kanada bozoridagi savdo natijalari o’rganilgan.

Aniqlanishicha, 2016 yilda kompaniyaning eng xaridorgir mahsuloti Lightning-to-USB 2.0 kabeli bo’lgan. Ayfon egalari ko’pincha uni yo’qotishgan yoki ishdan chiqarishgan. 2-o’rinni Earpods quloqchinlari, 3-o’rinni esa Apple TV mediapleyeri egallagan.

2017 yildan biroz o’zgarish yuz bergan: iPhone 7 savdoga chiqqach, 1-o’rinni AirPods simsiz quloqchinlari egallagan va hanuzgacha kompaniyaning eng talabgir mahsuloti bo’lib qolmoqda.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes