Bosh sahifa Yangiliklar Bayram sayillari bo‘ladigan 262 maskanda xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytirildi

Bayram sayillari bo‘ladigan 262 maskanda xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytirildi

62
0

Navro‘z bayramini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar belgilanib, bayram kunlari xavfsizlikni ta’minlash uchun tegishli idora va tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.

Qayd etilishicha, bayram sayillari bo‘ladigan 262 maskanda jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlarning oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilgan.

Bayram sayillari o‘tkaziladigan joylar, uning atrofidagi subyektlar, aholi turar joylari hamda boshqa maskanlarning yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi. Natijada yong‘in sodir etilishi mumkin bo‘lgan mingdan ziyod bino va inshoot aniqlanib, tegishli chora ko‘rildi. 6,2 ming nosoz elektr uskuna, moslama va agregatlardan foydalanish taqiqlandi. Olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan 2,6 mingdan ortiq mas’ul shaxsga tegishli tartibda 189 million so‘m jarima solindi.

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here